Bu suhbat, bor gap hammasi,;
Yoʻq tuhmat,;
Qoʻshigʻim oyna,;
Aksing koʻrsang, oʻzingni toʻxtat, yoʻq vaqt,;
Tez tushunganga rahmat.
Toʻgʻri, pulning tili yoʻq, lekin gapiradi joyida,;
Senam baland gapirish uchun tinmading yil-oʻn ikki oyiga,;
Balki, meros boydan erkatoyiga,;
Xullas, mansabni ishlatma zoyega.
Bir paytda har xil soha qobiliyatmi yoki jinnilik? A?
Oʻz yoʻliga tirikchilik,;
Albatta, qobiliyat.
Shu qobiliyatga tupurish bu jinnilik,;
Bilmadim, bu nima koʻrgilik?
Oʻzi hayotida eplab qilolgani bir ish,;
Gapirtirib qoʻysang, hamma ishda aqli gʻij-gʻij.
Hamma aql: “Bunaqa qil”, bizniki notoʻgʻrimish,;
Agar seniki toʻgʻri boʻlsa, bu nima yurish?!
Oldi-orti qop-qora bozor,;
Odam odamdan koʻrib ozor,;
Hayotmi shuyam, qara, mozor,;
Deyishga majburmi odamzod?
Oldi-orti qop-qora bozor,;
Odam odamdan koʻrib ozor,;
Hayotmi shuyam, qara, mozor,;
Deyishga majburmi odamzod?
Qolma koʻnikib teskari toʻniga,;
Qara orqa-oldiga,;
Besh qoʻl tiqma birdaniga,;
Tursa tiqma har turiga,;
Chuqurning arzoniga,;
Oʻzi berdi, qahri kelsa olib qoʻyadi soniyada.
Koʻp puldan qutursa, sinadi zoʻriyam,;
Vijdon oʻchib qolsa, yoʻq boʻladi boriyam.
Xohlagancha ol dam, boʻlsin obi-tobiyam,;
Kayfning koʻpi koʻp, oʻyla ertaniyam.
Maqsad hayp, tarz – nas,;
Pastdan past, oʻtib ketish shartmas;
Tagi zil hazil;
Yengil hazm;
Oxirgacha bos gaz,;
Indamasa, mazza.
Mansab bor, kayf, nas,;
Har kun mast,;
Akaxon qaytmas,;
Uzluksiz bazm.
Alko, qazi,;
Oxirgacha bos gaz,;
Pul koʻp, mazza.
Ye, tiq shuniyam,;
uniyam, buniyam,;
Kammi? Tiq yanayam!
Yeb bitir oʻzingniyam,;
Yangilikni qara, yosh qizni bosib qariya,;
Qaynota kelinniyam,;
Bu bilganimiz haliyam.
Tanganing bu tarafi zamonaviy dunyo,;
Zamonaviy odamlar,;
Zamonaviy me’yor.
Chegarasi yoʻq, tugamas bu uzun yoʻl,;
Sharmanda-sharmisor, uyatsiz dunyo.
Gapning loʻndasi, bizdan boʻlsa tegmasin,;
Gazanda-ku hammasi, oʻzligi yoʻq nusxasi.
Oʻzing bilan birga oʻyla, bu hammaning qissasi,;
Nusxanimas, oʻzligimiz bilsin, bular kim desa...